Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasi Raisi tomonidan 2016 yil 9 noyabrda tasdiqlangan reja-grafigiga muvofiq ravishda joriy yilning 28 noyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining Turmush darajasi va ijtimoiy soha statistikasi bo`limi boshliqlari uchun Davlat statistika qo`mitasida o`quv seminari o`tkazildi.

Mazkur o`quv seminarida 2016 yil uchun Davlat statistika ishlari dasturining turmush darajasi va ijtimoiy soha bo`yicha statistik ma`lumotlarga taalluqli qismining bajarilishi yakunlari tanqidiy muhokama qilindi. Statistik materiallarni o`z vaqtida va sifatli tayyorlash bo`yicha statistika organlarining vazifalari muhokama qilindi.

Shuningdek, statistika ma`lumotlaridan foydalanuvchilarning takliflariga va halqaro tashkilotlarning tavsiyalariga muvofiq 2017 yil uchun ijtimoiy soha bo`yicha davlat statistika hisobotlari shakllariga va uy xo`jaliklari kuzatuvlari savolnomalariga kiritilgan o`zgartirishlar ko`rib chiqildi.

Yanada sifatli ma`lumotlar olish uchun davlat statistika hisoboti shakllarini taqdim etuvchi korxona va tashkilotlar hamda bevosita tanlanma kuzatuvda ishtirok etuvchi uy xo`jaliklari bilan doimiy ravishda tushuntirish ishlarini olib borish kerakligi seminar davomida takidlab o`tildi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash