Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Dastlabki ma`lumotlarga asosan, O`zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2017 yil 1 yanvar holatiga 32121,1 ming kishini tashkil etib, yil boshiga nisbatan 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga o`sgan. Jumladan, shahar aholisi soni 16238,5 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 50,6 %), qishloq aholisi soni 15882,6 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 49,4 %) tashkil etdi.

Tug`ilish. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2016 yilning yanvar-dekabr davrida 726,8 mingta bola tug`ilib, mos ravishda tug`ilish koeffitsienti 22,8 promilleni tashkil qildi va 2015 yilning mos davriga nisbatan 0,7 promillega kamaydi (2015 yilda 23,5 promille bo`lgan).

Tug`ilish koeffitsientining sezilarli darajada pasayishi Qoraqalpog`iston Respublikasida (23,3 promilledan 21,8 promillegacha), Surxondaryo (27,0 promilledan 25,8 promillegacha), Buxoro (21,9 romilledan 20,9 promillegacha), Toshkent (21,1 promilledan 20,3 promillegacha), Andijon (24,1 promilledan 23,4 promillegacha), Qashqadaryo (26,2 promilledan 25,5 promillegacha) va Sirdaryo (22,8 promilledan 22,1 promillegacha) viloyatlarida qayd etildi.

Shuningdek, tug`ilish koeffitsientining o`sishi Toshkent shahrida (18,0 promilledan 18,4 promillegacha) va Navoiy (22,0 promilledan 22,1 promillegacha) viloyatida kuzatildi.

O`lim. 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida 154,5 mingta o`lim qayd etilgan bo`lib, mos ravishda o`lim koeffitsienti 4,8 promilleni tashkil etdi.

Shu bilan birga, o`lim koeffitsientining o`sishi Navoiy (4,5 promilledan 4,7 promillegacha), Surxondaryo (4,1 promilledan 4,3 promillegacha), Sirdaryo (4,8 promilledan 5,0 promillegacha), Qashqadaryo (4,0 promilledan 4,1 promillegacha), Xorazm (4,5 promilledan 4,6 promillegacha) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (4,6 promilledan 4,7 promillegacha) kuzatildi. O`lim koeffitsientining pasayishi Andijon (5,2 promilledan 5,1 promillegacha), Namangan (4,7 promilledan 4,6 promillegacha), Toshkent (5,9 promilledan 5,8 promillegacha), Farg`ona (5,0 promilledan 4,9 promillegacha) viloyatlarida va Toshkent shahrida (6,9 promilledan 6,8 promillegacha) qayd etildi.

Ro`yxatga olingan jami o`lganlarning 59,6 foizi qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,4 foizi - o`simtalardan, 6,7 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,9 foizi - ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan, 4,9 foizi - nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 1,9 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,6 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

2016 yilning yanvar-dekabr davri mobaynida 7,7 mingta 1 yoshgacha bo`lgan bolalar o`limi qayd etildi va go`daklar o`limi koeffitsienti 10,5 promilleni tashkil etdi.

Ro`yxatga olingan 1 yoshgacha o`lgan jami bolalarning 56,7 foizi perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 22,4 foizi - nafas olish a`zolari kasalliklaridan, 9,8 foizi - tug`ma anomaliyalardan, 3,1 foizi - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 1,9 foizi - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 0,6 foizi - ovqat hazm qilish a`zolari kasalliklaridan, 5,5 foizi - boshqa kasalliklardan vafot etgan.

Nikoh va ajrimlar. 2016 yilning yanvar-dekabr oylarida FHDYo organlari tomonidan 275,1 mingta nikoh va 29,4 mingta nikohdan ajralishlar qayd etilgan. Respublika bo`yicha nikoh tuzish koeffitsienti 8,6 promilleni, nikohdan ajralish koeffitsienti esa 0,9 promilleni tashkil etdi.

Nikoh tuzish koeffitsientining pasayishi respublikaning barcha hududlarida kuzatildi. Sezilarli darajada nikoh tuzish koeffitsientining pasayishi Qashqadaryo (10,4 promilledan 9,3 promillegacha), Namangan
(9,6 promilledan 8,6 promillegacha), Andijon (9,8 promilledan 8,9 promillegacha), Xorazm (9,4 promilledan 8,5 promillegacha), Surxondaryo (9,8 promilledan 9,1 promillegacha) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (7,8 promilledan 7,1 promillegacha) qayd etildi.

Shu bilan birga, nikohdan ajralish koeffitsientining o`sishi Jizzax (0,6 promilledan 0,7 promillegacha), Sirdaryo (1,0 promilledan 1,1 promillegacha), Xorazm (0,6 promilledan 0,7 promillegacha) iloyatlarida
va ushbu koeffitsientning pasayishi Buxoro (1,0 promilledan 0,9 promillegacha), Navoiy (1,2 promilledan 1,1 promillegacha), Toshkent (1,3 promilledan 1,2 promillegacha) viloyatlarida va Toshkent shahrida (2,1 promilledan 1,8 promillegacha) kuzatildi.

Migratsiya. 2016 yilning yanvar-dekabr davrida respublika bo`yicha ko`chib kelganlar soni 141,7 ming kishini, ko`chib ketganlar soni esa 168,3 ming kishini tashkil etdi. Migratsiya saldosi minus 26,6 ming kishini tashkil etdi (2015 yilda minus 29,3 ming kishi bo`lgan).

Migratsiya saldosining yuqori darajasi Toshkent (minus 5,5 ming kishi), Samarqand (minus 4,4 ming kishi) viloyatlarida va Qoraqalpog`iston Respublikasida (minus 4,6 ming kishi) qayd etildi.

Davlat statistika qo`mitasi axborot xizmati

 

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash