Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2017 yil 24 mart kuni Davlat statistika qo`mitasi huzuridagi Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan davra suhbati bo`lib o`tdi.

Davra suhbatida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning mazmun-mohiyati hamda uning ijrosini ta`minlash bo`yicha Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Tadbirda, kompleks chora-tadbirlar rejasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish mexanizmlari, bu borada davlat organlari faoliyatining ochiqliligini ta`minlash, shuningdek, tadbirkorlik sub`ektlari faoliyatini qo`llab-quvvatlash borasida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlari ijrosini ta`minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari ko`rib chiqildi.

Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PF–4848-sonli Farmoni ijrosini ta`minlash, tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan yo`l qo`yiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, ularga yo`l qo`ymaslik borasida tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida profilaktika ishlarini keng qamrovda va tizimli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama etildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta`minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`RQ–418-son Qonunining davlat statistika sohasiga oid talablarini, jumladan birinchi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub`ektlari va ularning xodimlari yo`l qo`yilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravishda bartaraf etgan taqdirda, ma`muriy javobgarlikdan ozod etish tartibini va qoidalarini tadbirkorlik sub`ektlari o`rtasida tushuntirib borish yuzasidan Davlat statistika qo`mitasi tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar ko`rib chiqildi.

Davra suhbatida, tizim idoralarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, murojaatlarni ko`rib chiqishda qonuniylikni ta`minlash hamda bu borada har qanday ko`rinishdagi byurokratik to`siq va g`ovlar yaratilishiga yo`l qo`ymaslik yuzasidan davlat statistika organlari tomonidan amalga oshirilishi lozim bo`lgan chora-tadbirlar muhokama etildi va tegishli vazifalar belgilab olindi.

 Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash