Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2017 yil 24 mart kuni Davlat statistika qo`mitasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish, yuridik xizmat faoliyatini, qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish yuzasidan qabul qilingan hujjatlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini davlat statistika organlarida

ta`minlash hamda ulardan kelib chiqadigan vazifalarga bag`ishlangan kengaytirilgan seminar yig`ilishi tashkil etildi.

Xususan seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi ““Korruptsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-2752-son qarori hamda u bilan tasdiqlangan 2017-2018 yillarga mo`ljallangan korruptsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi, shuningdek bu borada Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta`minlash yuzasidan davlat statistika organlarining vazifalari va majburiyatlari muhokama etildi.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ–2733-son “yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori va uni amalga oshirish bo`yicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi hamda ular ijrosi yuzasidan Davlat statistika qo`mitasi tomonidan qabul qilingan idoraviy hujjatlar ijrosini ta`minlash hamda tizimda yuridik xizmat faoliyatini tashkil etishning muhim jihatlari atroflicha muhokama etildi va bu borada zarur tavsiyalar berildi.

Seminar ishida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 8 fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ–2761-son qarori ijrosini ta`minlash bo`yicha davlat statistika organlarining vazifalari ko`rib chiqildi.

Shu bilan birga, Davlat statistika qo`mitasining 2016 yil 8 apreldagi 22-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tizimi xodimlarining odob-axloq qoidalarining mazmun-mohiyati va davlat statistika organlari xodimlarining unga amal qilish shartlari muhokama etildi va bu borada mas`ul xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Seminar yig`ilishida barcha darajadagi davlat statistika organlarida mazkur yo`nalishlarda ishlarni yanada kuchaytirish va bu borada olib borilayotgan ishlar yuzasidan qat`iy nazorat o`rnatish bo`yicha vazifalar belgilab olindi.

Mazkur tadbirda Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining mas`ul rahbarlari va yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi.

 Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash