Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Davlat statistika qo`mitasining yuridik xizmati tomonidan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini o`tkazish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi PQ-2733-son “yuridik xizmat faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qaroriga va u bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to`g`risidagi Nizomga asosan,

shuningdek O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2015 yil 25 dekabrdagi 384-mh-son “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini o`tkazish uslubiyotini tasdiqlash to`g`risida”gi buyrug`i (O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 25 dekabrda ro`yxatdan o`tkazilgan, ro`yxat raqami 2745) bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekspertizasini o`tkazish uslubiyoti talablaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.

Davlat statistika qo`mitasi mas`ul bo`linmalari hamda yuridik xizmati tomonidan joriy yilning I choragida jami 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqilgan.

Davlat statistika qo`mitasining yuridik xizmati tomonidan joriy yilning I choragida barcha, ya`ni 4 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarining huquqiy hamda korruptsiyaga qarshi ekpertizasi o`tkazilgan, jumladan:

  1. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat statistika organlarini faoliyatini samaradorligini yanada oshirish bo`yicha chora-tadbirlar rejasi to`g`risida”gi qarori loyihasi.
  2. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi va Mehnat vazirligining “Tadbirkorlik sub`ektlari xodimlarining o`rtacha yillik sonini aniqlash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi (idoraviy normativ-huquqiy hujjat).
  3. O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining “elektron zaxiraga olish tizimi va firma nomlarining markazlashtirilgan ma`lumotlar bazasining ishlash tartibi to`g`risidagi yo`riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o`zgartirish va qo`shimchalarni o`z kuchini yo`qotgan deb topish to`g`risida”gi qarori loyihasi (idoraviy normativ-huquqiy hujjat).
  4. O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Davlat statistika qo`mitasining “yuridik shaxslarning nomiga davlatning rasmiy nomini, shuningdek undan hosila so`zlarni qo`shish tartibi to`g`risidagi yo`riqnomaga o`zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi (idoraviy normativ-huquqiy hujjat).

yuridik xizmat tomonidan yuqorida qayd etilgan normativ-huquqiy hujjat loyihalarining korruptsiyaga qarshi ekpertizasini o`tkazish davomida ushbu loyihalarda korruptsiyaviy omillar va holatlar aniqlanmagan.

Hozirda, yuqorida qayd etilgan 3 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjat O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertiza va davlat ro`yxatidan o`tkazilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi belgilangan tartibda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan.

 Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash