O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 9 aprel 2019 yil “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar” to’g’risidagi qarorini ta’minlash maqsadida, 2019 yil 1 avgust kuni, O'zbekiston Respublikasi Оchiq ma'lumotlar portalining ingliz tilidagi versiyasi data.gov.uz ishga tushirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy loyiha boshqaruvi agentligi huzuridagi elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni loyiha boshqaruvi markazi O'zbekiston Respublikasi davlat statistika qo'mitasi va davlat axborot tizimlarini yaratish va qo'llab-quvvatlash bo'yicha Yagona integrator UZINFOCOM bilan birgalikda BMTTD ko'magida O'zbekiston Respublikasi Оchiq ma'lumotlar portalining ingliz tilidagi versiyasi ishga tushirildi.

Axborot xizmati