Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2017 yil 17 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida joriy yilning 4-5 iyul kunlari Vilnyus shahrida (Litva) Yevrostat tomonidan tashkil etilgan Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun mehnat bozori statistikasi bo`yicha o`tkazilgan seminar natijalari yuzasidan Qo`mitaning Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi xodimlari ishtirokida muhokama bo`lib o`tdi.

Mazkur muhokamada mehnat bozori statistikasini yuritish tizimi bo`yicha Yevropa Ittifoqi standartlari va xorijiy davlatlarning ilg`or tajribalari bilan qatnashchilar tanishtirildi. O`z navbatida, xalqaro tajribalarni o`rganish statistikaning rivojlanishida muhim omil ekanligi va tashkil etilayotgan seminar, o`quv-amaliy mashg`ulotlar mehnat statistikasining rivojlanishiga ham o`zining ijobiy ta`sirini ko`rsatishi ta`kidlab o`tildi.

Shu bilan birga, mehnat statistikasini takomillashtirishda xalqaro tajribalarni milliy statistika tizimiga joriy etish yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar berildi.

 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash