Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2017 yil 13 iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo hamda milliy hisoblar statistikasi ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`yicha mas`ul xodimlar ishtirokida seminar bo`lib o`tdi. Seminarda Davlat statistika qo`mitasi vakillarining joriy yil 10-30 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Pekin, Shanxay va Suchjou shaharlarida Xitoy Xalq Respublikasi Tijorat Vazirligi hamda Xalqaro biznes va iqtisodiyot universiteti tomonidan tashkil qilingan O`zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari xodimlari uchun tashqi savdo bojxona statistikasi bo`yicha seminardagi ishtiroki yakunlari bo`yicha prezentatsiya namoyish etildi. Seminar ishtirokchilari Xitoy Xalq Respublikasi bojxona tizimi, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiyotining umumiy holati, “Bir kamar – bir yo`l” loyihasi, Xitoy Xalq Respublikasining tajribaviy erkin savdo xududlarni tashkil etish modellarini o`rganish, xalqaro va milliy elektron savdo, Xitoy Xalq Respublikasi madaniyati va sanati, Xitoy Xalq Respublikasi hamda O`zbekistan Respublikasi o`rtasidagi tashqi savdo aloqalari statistikasiga oid mavzular bilan tanishtirildi.

 

 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash