Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2017 yilning 8 avgust kuni Davlat statistika qo`mitasida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarorini tizim xodimlari o`rtasida o`rganish bo`yicha seminar o`tkazildi.

Seminarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 31 iyuldagi “O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3165-son qarorining mazmun-mohiyati, talablari, Davlat statistika qo`mitasi va uning hududiy bo`linmalari faoliyatining ustuvor yo`nalishlari, statistika faoliyatini tashkil etish samaradorligini tubdan oshirish, statistika axborotlari sifatini va ularni tarqatish tizimini yaxshilash chora-tadbirlari, hamda davlat statistika tizimi xodimlarining ushbu qarordan kelib chiqadigan vazifalari to`g`risida atroflicha tushuntirishlar berib o`tildi.

Shu bilan birgalikda, ushbu Qaror asosida Qo`mita va hududiy statistika organlarida ichki me`yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish va belgilab berilgan talab va vazifalardan kelib chiqqan holda statistika ishlarni tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3165-son Qarorida belgilab berilgan ustuvor yo`nalishlarni belgilangan tartib va muddatlarda so`zsiz ijrosini ta`minlash, statistika ishlarini amalga oshirilishida axborotlarni yig`ish va qayta ishlashning xalqaro metodologiyasini joriy etish orqali zamonaviy yondashuvlar va usullarni qo`llagan holda makroiqtisodiy
hisob-kitoblarni tizimli asosda tubdan yaxshilash bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar muhokama etildi.

Seminar ishida Davlat statistika qo`mitasining barcha boshqarmalari hamda bo`lim boshliqlari ishtirok etdi.

Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2017 yil 3 avgustda tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, shu kabi seminarlar Davlat statistika qo`mitasi markaziy apparati tarkibiy bo`linmalarida, hududiy statistika boshqarmalarida, tuman va shahar statistika bo`limlarida hamda Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazida ham o`tkazilishi belgilangan.

 

 

Axborotlarni tarqatish, xalqaro axborot almashuv va jamoatchilik aloqalari boshqarmasi

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash