Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2018 yilning 25-27 iyun kunlari Gruziyaning Tbilisi shahrida BMTning statistika bo'limi, Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan Gruziya milliy statistika boshqarmasi bilan hamkorlikda, MDH davlatlari uchun “Uy-xo'jaliklari kuzatuvlari orqali mulkka egalik qilish statistikasini gender jihatidan ishlab chiqish” mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etildi.

Unda, BMTning statistika bo'limi, Osiyo Taraqqiyot Banki va Gruziya milliy statistika boshqarmasi, shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Gruziya, Moldova, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina statistika idoralari hodimlari hamda Davlat statistika qo'mitasidan Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari, Aholining turmush darajasi indikatorlarini shakllantirish va tahlil etish bo'limi boshlig’i J.Yuldashev va Rais yordamchisi O.Umarov ishtirok etishdi.

Seminarda, gender mezoni bo'yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining metodik ko'rsatmalari, uning asosiy tavsiyalari, shuningdek, uy xo'jaliklari tadqiqotlarini o'tkazish uchun ma'lumotlarni to'plash bo'yicha strategiyalar muhokama qilindi. Ishtirokchi davlatlar vakillari mulk huquqlarini qonun bilan tartibga solish, so'rovnomalar tuzish kabilarini ko'rib chiqdilar.

Shuningdek, Gruziya, Mongoliya va Filippin davlatlari misolida mol-mulklarni,  jumladan, moliyaviy aktivlar, qimmatbaho buyumlar, yerga egalik qilish bo'yicha o'tkazilgan uy xo'jaliklari kuzatuvlari ma'lumotlari ko'rib chiqildi. 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash