Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2018 yilning 25-27 iyun kunlari Kork shahrida (Irlandiya) statistik ma`lumotlarni tarqatish va kommunikatsiya mavzusida seminar bo`lib o`tdi. Ushbu seminar Birlashgan millatlar tashkiloti Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Irlandiyaning markaziy statistika ofisi tomonidan tashkillashtirildi. Unda Yevropa Ittifoqi, sharqiy Yevropa mamlakalari, AQSh, Kanada, Meksika va O`zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Ushbu seminarda Davlat statistika qo`mitasi Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i X.Juraev ishtirok etdi.

Seminarda statistika va kommunikatsiya sohasi barcha yo`nalishlarida ma`lumotlarni tarqatishga mas`ul bo`lgan o`rta va kichik rahbarlar ishtirok etdi. Seminarda statistik ma`lumotlarni tarqatish va kommunikatsiyadagi ilg`or g`oyalarga, sohadagi yangiliklar, tajribalar va yangicha yo`nalishlarga asosiy e`tibor qaratildi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash