Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2018 yilning 26-28 iyun kunlari Issiq-Ko’l (Qirg’iziston) shahrida “Yoqilg’i talablarini cheklash, boshqa yoqilg’ilarga o’tish va yoqilg’i uchun subsidiyalarni bekor qilish bo’yicha” forum tashkil etildi. Ushbu forum Xalqaro energiya agentligi (IEA) tomonidan tashkil etildi.

Ushbu seminarda 9 mamlakat (Armaniston, Ozarbayjon, Belorus Respublikasi, Gruziya,Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina) statistika idoralarining mutaxassislari hamda Evrostat, BMT ning statistika bo`limi, Xalqaro energetika forumi, Xalqaro energiya agentligi, EU4Energy dasturi mutaxassislari va Davlat statistika qo`mitasinig Energetika, energiyaning qayta tiklanadigan manbaalari statistikasi va energosamaradorlik hisob-kitoblar sho’basi yetakchi mutaxassisi A. Abdullaev, Jizzax viloyati statistika boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari B. Yaxshibaevlar ishtirok etishdi.

Seminarda Tashkilotlarning қo’shma tashabbusi to’g’risidagi umumiy tushunchalarni oshirish EU4Energy hamkor davlatlarida energiya ma’lumotlarining umumiy sifati va shaffofligini oshirish, shuningdek energiya xavfsizligi siyosati (neft, gaz, elektr energiyasi) bo’yicha ma’lumotlari talablarini bilish masalalari ko`rib chiqildi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash