Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2018 yilning 27-28 iyun kunlari “Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi davlatlarida 2020 yilgi raundda aholini ro`yxatga olish tadbiri asosida migratsiya va ishchi kuchini hisoblash: sinov asosida aholini ro`yxatga olish tadbiri natijalari” yuzasidan Minsk shahrida (Belarus Respublikasi) kengash bo`lib o`tdi. Mazkur kengash Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi statistika qo`mitasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qo`mitasi tomonidan tashkil etildi.

Kengashda Davlat statistika qo`mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig`i B.Shodiev qatnashdi.

Shuningdek, kengashda MDH statistika qo`mitasi, BMTning Aholishunoslik jamg`armasi Belarus Respublikasidagi vakolatxonasi, milliy statistika idoralari vakillari ishtirok etdi.

Kengashda 2020 yilgi raundda Aholini ro`yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ko`rish holati, sinov tariqasida aholini ro`yxatga olish tadbiri natijalari, migratsiya va ishchi kuchi ko`rsatkichlarini aholini ro`yxatga olish tadbiridan foydalangan holda hisoblash, Barqaror rivojlanish maqsadlari indikatorlarini Aholini ro`yxatga olish tadbiri doirasida hisobini yuritish kabi masalalar muhokama qilindi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash