Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan 2018 yilning yanvar – iyuni uchun  Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo`yicha yalpi hududiy mahsulotni (keyingi o`rinlarda – YaHM) dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.

YaHM – milliy hisoblar tizimining asosiy ko`rsatkichi bo`lib, muayyan davrda mintaqaning iqtisodiy hududida joylashgan rezident – institutsional birliklar ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi. YaHM ishlab chiqarish usulida, iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha yalpi qo`shilgan qiymat hajmi va mahsulotlarga sof soliqlar yig`indisi orqali hisoblanadi.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yilning yanvar – iyunida Qoraqalpog`iston Respublikasi YaHM hajmi joriy narxlarda 4 947,9 mlrd.so`mni tashkil etdi va 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,5 % ga o`sdi. YaHM ning o`sishi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi – 102,6 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 10,1 %), sanoat – 104,0 % (36,3 %), qurilish – 101,5 % (8,4 %), xizmatlar sohasi – 103,7 % (45,2 %) kabi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o`sish sur`atlari bilan bog`liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2 677,6 ming so`mni tashkil etdi va 2,1 % ga o`sdi.

Andijon viloyati bo`yicha YaHM joriy narhlarda 8 744,3  mlrd.so`mni tashkil etdi va 7,8 % ga o`sdi. Iqtisodiy o`sish qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 105,8 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 31,7 %), sanoatda - 122,3 % (25,4 %), qurilishda – 105,2 % (5,7 %), xizmatlar sohasida – 103,2 % (37,2 %) kuzatilgan ijobiy o`sish sur`atlari natijasida ta`minlandi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2 893,6 ming so`mni tashkil etdi va 6,0 % ga o`sdi.

Buxoro viloyatida YaHM hajmi 2,2 % ga o`sdi va 6 870,6 mlrd.so`mni tashkil etdi. YaHM ning tarmoq tarkibida o`sish sur`atlari: qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 101,6 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 30,1 %), qurilishda – 103,8 % (11,3 %), xizmatlar sohasida – 103,7 % (38,7 %) ni tashkil etdi. Shuningdek, 2017 yilning mos davri bilan taqqoslaganda sanoat tarmog`ida ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 99,1 % ni tashkil etdi (mazkur tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi – 19,9 %). Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 0,8 % ga o`sdi va 3 663,0 ming so`mni tashkil etdi.

Jizzax viloyatida YaHM 4,8 % ga o`sdi va 3 116,8 mlrd.so`mni tashkil etdi. O`sish sur`atlari qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 104,9 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 29,0 %), sanoatda - 104,2 % (16,3 %), qurilishda – 105,4 % (10,6 %), xizmatlar sohasida – 104,7 % (44,1 %) ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 2 341,7 ming so`mni tashkil etdi va 2,9 foizga o`sdi.

Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsuloti 3,7 % ga o`sdi va 9 816,6 mlrd.so`mni tashkil etdi. YaHM ning o`sishi hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlaridagi ijobiy o`sish sur`atlari bilan bog`liq. Jumladan: qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida o`sish sur`atlari 102,3 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 20,7 %), sanoatda – 106,5 % (37,7 %), qurilishda – 100,1 % (7,9 %), xizmatlar sohasida – 102,3 % ni (33,7 %) tashkil qildi. Aholi jon boshiga YaHM 1,7 % ga o`sdi va 3 104,9 ming so`mni tashkil etdi.

Navoiy viloyatida YaHM o`sishi 3,9 % ni tashkil etdi va 8 663,0 mlrd.so`mga yetdi. YaHM tarmoq tarkibida o`sish sur`ati qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 101,4 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 13,2 %), sanoatda – 100,3 % (62,9 %), qurilishda – 133,7 % (4,7 %), xizmatlar sohasida – 107,7 % ni (19,2 %) tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2,2 % ga o`sdi va 9 010,8 ming so`mni tashkil etdi.

Namangan viloyatida YaHM 5 776,5 mlrd.so`mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma`lumotlariga nisbatan 3,9 % ga ko`pdir. YaHM dagi o`sish sur`ati qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi – 105,5 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 29,6 %), sanoat – 104,7 % (14,9 %), qurilish – 104,7 % (6,1 %) va xizmatlar sohasidagi – 102,7 % (49,4 %) ijobiy o`sish sur`atlari bilan bog`liq. Aholi jon boshiga YaHM 2,1 % ga o`sdi va 2 131,6 ming so`mni tashkil etdi.

Samarqand viloyatida YaHM hajmi 9 118,3 mlrd.so`mni tashkil etdi va 2,4 % ga o`sdi. Ushbu hududda qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 100,5% (YaHM tarkibidagi ulushi – 24,8 %), qurilishda – 109,0 % (7,8 %), xizmatlar sohasida – 103,4 % (46,8 %) ijobiy o`sish sur`atlari qayd etildi. Sanoat tarmog`ida esa, ishlab chiqarish hajmining kamayishi kuzatildi va 2017 yilning yanvar - iyuniga nisbatan 99,8 % ni tashkil etdi (ushbu tarmoqning YaHM tarkibidagi ulushi – 20,6 %). Aholi jon boshiga YaHM 0,4 % ga o`sdi va 2 440,2 ming so`mni tashkil etdi.

Surxondaryo viloyatida YaHM 6,3 % ga o`sdi va 6 216,9 mlrd.so`mni tashkil etdi. YaHM ning o`sishiga ta`sir qiluvchi omillar bo`lib, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 106,5 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 41,5 %), sanoatda – 128,1 % (8,2 %), qurilishda – 105,3 % (8,3 %), xizmatlar sohasidagi – 102,7 % (42,0 %) o`sish sur`atlari xizmat qildi. Aholi jon boshiga YaHM 2 461,1 ming so`mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning mos davri ma`lumotlariga nisbatan 4,1 % ga ko`pdir.

Sirdaryo viloyatida YaHM 3,1 % ga o`sdi va 2 629,7 mlrd.so`mni tashkil etdi. Hudud iqtisodiyotining asosiy tarmoqlarida ham ijobiy o`sish sur`atlari qayd etildi. Xususan, o`sish sur`atlari qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida 100,2 % (YaHM tarkibidagi ulushi - 32,0 %), sanoatda 105,7 % (27,1 %), qurilishda 105,2 % (5,3 %), xizmatlar sohasida 102,8 % (35,6 %) ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga YaHM hajmi 3 211,3 ming so`mni tashkil etdi va 1,4 % ga o`sdi.

Toshkent viloyatida YaHM 13 877,7 mlrd.so`mni tashkil etdi va 3,2 % ga o`sdi. YaHM ning o`sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o`sish sur`atlari bilan bog`liq. Jumladan: qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 101,0 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 18,7 %), sanoatda – 105,3 % (47,9 %), qurilishda – 106,2 % (3,2 %), xizmatlar sohasida – 101,6 % (30,2 %) o`sish sur`atlari kuzatildi. Aholi jon boshiga YaHM 2,0 % ga o`sdi va 4 837,3 ming so`mni tashkil etdi.

Farg`ona viloyatida YaHM 3,3 % ga o`sdi va 9 409,4 mlrd.so`mni tashkil etdi. YaHM ning o`sishi hudud iqtisodiyoti tarmoqlaridagi ijobiy o`sish sur`atlari bilan bog`liq. O`sish sur`ati qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligida – 100,5 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 24,6 %), sanoatda – 105,2 % (25,2 %), qurilishda – 107,7 % (6,0 %), xizmatlar sohasida – 103,2 % (44,2 %) ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2 590,3 ming so`mni tashkil etdi va 1,7 % ga o`sdi.

Xorazm viloyatida YaHM 4 737,7 mlrd.so`mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar - iyuniga nisbatan 4,1 % ga ko`pdir. YaHM ning o`sishi qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligi – 102,7 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 28,4 %), sanoat – 111,3 % (19,5 %), qurilish – 104,0 % (9,0 %), xizmatlar sohasidagi – 102,3 % (43,1 %) o`sish sur`atlari bilan bog`liq. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 2,5 % ga o`sdi va 2 617,3 ming so`mni tashkil etdi.

Toshkent shahrida YaHM 22 752,7 mlrd.so`mni tashkil etdi, bu esa 2017 yilning yanvar - iyuniga nisbatan 7,4 % ga yuqoridir. YaHM o`sishining asosiy omillari bo`lib, sanoat – 106,2 % (YaHM tarkibidagi ulushi – 31,5 %), qurilish – 110,9 % (8,9 %), xizmatlar sohasidagi – 107,3 % (59,6 %) ijobiy o`sish sur`atlari hisoblanadi. Aholi jon boshiga hisoblangan YaHM 5,6 % ga o`sdi va 9 191,5 ming so`mni tashkil etdi.

2018 yilning yanvar – iyun oylarida  yalpi ichki (hududiy) mahsulot

Respublika bo`yicha YaIM ning shakllanishida Toshkent shahri 14,9 % ulush bilan eng katta hissa qo`shdi. Toshkent viloyati 9,1 % va Qashqadaryo viloyati 6,4 % ko`rsatkich bilan keyingi o`rinlarni egallab turibdi. Respublika YaIM ni shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,7 %), Jizzax (2,0 %), Xorazm (3,1 %) viloyatlariga to`g`ri kelmoqda.

2018 yilning yanvar – iyuni yakunlari bo`yicha Andijon viloyati (107,8 %), Toshkent shahri (107,4 %) va Surxondaryo viloyatida (106,3 %), yuqori o`sish sur`atlari qayd etildi. Respublika darajasiga (104,9 %) nisbatan past o`sish sur`atlari Buxoro (102,2 %), Samarqand (102,4 %) va Sirdaryo (103,1 %) viloyatlarida kuzatildi.

2018 yilning yanvar – iyunida YaIM (YaHM) o`sish sur`atlari

 (2017 yilning yanvar – iyuniga nisbatan % da)

2018 yilning yanvar – iyuni  yakunlariga ko`ra, qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo`yicha eng yuqori ko`rsatkich Surxondaryo viloyatida (41,5 %), sanoatning eng yuqori ulushi Navoiy  viloyatida (62,9 %), qurilishning eng yuqori ulushi Buxoro viloyatida (11,3 %), xizmatlar sohasining eng yuqori ulushi esa, Toshkent shahrida (59,6 %) kuzatildi.

Qishloq, o`rmon va baliq xo`jaligining YaHM tarkibidagi ulushi bo`yicha eng kam ko`rsatkich Qoraqalpog`iston Respublikasida (10,1 %), sanoatning eng kam ulushi Surxondaryo viloyatida (8,2 %), qurilishning eng kam ulushi Toshkent viloyatida (3,2 %), xizmatlar sohasining eng kam ulushi esa, Navoiy viloyatida (19,2 %) qayd etildi.

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash