Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 10 avgust kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda qo'mitaning elektr energiyasi va umuman energetika sohasidagi faoliyati bilan bog’liq masalalar muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida OTB vakillari Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorchilik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash