Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 5 sentabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Uchrashuvda davlat statistikasining shaffofligi va sifati,  ma’lumotlarni to’plash, tarqatish tizimini isloh qilishga doir hamda o’zaro hamkorlik va axborot almashish bilan bog’liq bo’lgan masalalar muhokama qilindi. Missiya vakillari tomonidan muhokamaga qo`yilgan barcha savollarga batafsil javob va tushuntirishlar olindi.

Uchrashuv yakunida OTB vakillari Davlat statistika qo`mitasi xodimlariga tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash