Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda statistika bo`limi tomonidan tashkil qilindi.

Seminarning asosiy maqsadi resurslar va ishlatilish jadvallarini takomillashtirish, shuningdek, ularni o`zaro bog`langan holda rivojlantirish va muvozanatga keltirish, tarmoqlar va mahsulotlarni detallashtirish darajasini oshirish, axborot manbalarini ishlab chiqish va  standart IT- vositalarini ishlab chiqish hisoblanadi.

Mazkur seminarda Davlat statistika Qo`mitasi tomonidan Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi Xarajatlar va ishlab chiqarish statistikasi bo`lim boshlig`i  Z.Mamadjanova ishtirok etdi.

Seminarda milliy statistika idoralarining (Ozarbayjon, Albaniya, Armaniston, Belarus, Gruziya, Isroil, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Rossiya, Serbiya, Tojikiston, Turkiya, Ukraina, O`zbekiston) vakillari hamda Daniya, Chexiya, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi va statistika bo`limi milliy hisobchilik bo`yicha ekspertlari ishtirok etishdi.

Axborot xizmati

Tugmani bosing Tinglash