Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

22-26 oktyabr  kunlarida Tbilisi shahrida (Gruziya) Milliy statistika tashkilotlari xodimlari uchun  “Turli manbaalar va modullardagi ma`lumotlarni birlashtirish” bo`yicha trening kursi bo`lib o`tdi. Mazkur kurslar Yevropa erkin savdo uyushmasi (EAKT) tomonidan  tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Davlat statistika qo`mitasidan Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasining Tasniflagichlarni va metama`lumotlarni yuritish bo`limi boshlig`i M.Xusanova hamda Navoiy viloyat statistika boshqarmasi boshlig`i M.Ruziev  ishtirok etdi.

 Trening kurslarida Armeniya, Ozarbayjon, Belorus, Qozog`iston, Qirg`iziston, Moldova, Tojikiston, O`zbekiston va Ukraina davlatlaridan mutaxassislar, shuningdek Norvegiya statistik boshqarmasidan ekspertlar ishtirok etishdi.

Quyidagi mavzularda o`quv kurslari o`tkazildi: Integratsiyalangan statistik ma`lumotlarning xayoi sikli va xatolar manbalari; ma`lumotlar manbalari va ma`lumotlar modalari o`rtasidagi o`xshashlik va farqlar; aralash turdagi modalarni tadqiq etish metodologiyasining asossiy elementlari; tanlab olish, so`rov varaqalarini ishlab chiqish, tadqiqot o`tkazish va xulosa; manbalarni birlashtirishga asoslangan statistik ma`lumotlarga misollar; ma`muriy ma`lumotlardan statistikada foydalanish va boshqalar.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash