Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019 yilning 21 yanvaridan 1 fevraligacha Davlat statistika qo`mitasida Osiyo taraqqiyoti banki tashabbusi bilan “Salohiyat va bilimlarni oshirish (KSTA) 9356-REG (Rivojlanish uchun ma`lumotlar)” nomli texnik ko`mak loyihasi doirasida trening tashkil etildi.

   

Missiya OTB mutaxassislari: statistika va loyihalar bo`yicha mutaxassis – Moxintan Jozef Mariasingam, maslahatchi – Nikko Anjelo D. Antonio, maslahatchi – Juletta S. Magallens va maslahatchi – Jon Arvin S.Bernabe tomonidan o`tkazildi. Treningda Davlat statistika qo`mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi, Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko`rsatish boshqarmasi hamda Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistikasi boshqarmasining mutaxassislari ishtirok etishdi. 

                                  

Treningda resurslar va ishlatilishi, xarajatlar-ishlab chiqarish jadvallarini tuzish hamda tahlil qilish bo`yicha savollar ko`rib chiqildi. Shuningdek, biznes registr yuritish va uy xo`jaliklari byudjettlari bo`yicha kuzatuvini o`tkazish baholandi. Davlat statistika qo`mitasi mutaxassislari tomonidan yuqorida keltirilgan masalalarga doir keng ko`lamli prezentatsiyalar o`tkazildi.

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash