Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari J.Qo`chqorov tomonidan tasdiqlangan  2019 yil I yarim yillikda Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardagi shahar va tumanlarda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari uchun sayyor qabul reja-jadvaliga asosan, 2019 yilning 8 fevral kuni Farg`ona viloyati Marg’ilon shahrida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon  Jo’raqulovich Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati bilan birgalikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul o’tkazdi.

Maskur sayyor qabulda viloyat statistika boshqarmasi tarmoq bo’limi boshliqlari, tuman va shahar statistika bo’limi boshliqlari, viloyatda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan, Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ziyadullayev Mahmudjon  Jo’raqulovich davlat statistikasi tizimida so’ngi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, tadbirkorlik sub’ektlariga yaratilayotgan qulayliklar hamda O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida"gi qonuniga muvofiq, davlat statistika organlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, og’zaki va elektron murojaatlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to’g’risida tushuntirishlar berdi.

Tadbirda ishtirok etgan jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash