Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Shu yilning 4–7-iyun kunlari Ukrainaning Kiyev shahrida “Statistik ma’lumotlarni oshkor qilishni nazorat qilish” mavzusida Sharqiy Yevropa, Kavkaz, O‘rta Osiyo davlatlari uchun o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi. Ushbu o‘quv kursi Yevropa Ittifoqi statistika boshqarmasi (EVROSTAT) tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda Davlat statistika qo‘mitasidan Axborot-tahliliy ishlarni muvofiqlashtirish va axborotnomalarni tayyorlash bo`limi bosh mutaxassisi J.Saidov ishtirok etdi.

O‘quv kursida turli mamlakatlar milliy statistika idoralarining 26 nafar rahbar va mutaxassislari, jumladan, Armaniston, Ozarbayjon, Belarusiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston, Ukraina va boshqa mamlakatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi statistika boshqarmasi, BMTning Yevropa iqtisodiy komissiyasi (UNECE) va boshqa xalqaro tashkilotlar mutaxassislari va ekspertlar qatnashdi.

O‘quv kursi davomida rasmiy statistikani ishlab chiqarishda maxfiy statistika ma'lumotlarini oshkor qilishni nazorat qilish bo‘yicha erishilgan natijalar, maxfiy ma'lumotlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks asosni shakllantirish va amalga oshirishga yordam beradigan statistik ma'lumotlarni himoya qilish uchun dasturiy ta'minotlarni ishlab chiqish strategiyasi va muammolari muhokama qilindi va milliy va mintaqaviy tajribalar ko‘rsatib o‘tildi. Shuningdek, jadval ma'lumotlari hamda mikro ma'lumotlarning muhofazasi bilan bog‘liq axborotlarni nazorat qilish usullari muhokama qilindi.   

Axborot xizmati

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash