Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019 yil 12 iyun kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Mamlakatimizning statistika salohiyatini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida “Davra suhbati” bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘qituvchilari va talabalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son qaroriga asosan, Davlat statistika qo‘mitasi, davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma’lumotlar to‘plamlari ro‘yxatini shakllantirish, yuritish va yangilash hamda tegishli axborotlarning O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portali (data.gov.uz)da o‘z vaqtida aks ettirilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’ul etib belgilandi.

Bundan tashqari quyidagi prezentatsiyalar taqdim etildi: “O‘zbekiston Respublikasi  ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari”, “Obespechenie otkrыtosti i prozrachnosti natsionalnoy statistiki i povыshenie statisticheskogo potensiala stranы”, “O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portalining rivojlantirish istiqbollari”.

Shuningdek, davlat statistika organlarida amalga oshirilayotgan ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, O‘zbekiston Respublikasida bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar va islohotlar to‘g‘risidagi ochiq va haqqoniy ma’lumotlarni xalqaro tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarida hamda yetakchi xalqaro reytinglarda aks ettirilishini ta’minlash ekanligi alohida e’tirof etildi.

Bundan tashqari, 2019 yilga mo‘ljallangan quyidagi asosiy maqsadlar to‘g‘risida gapirib o‘tildi:

- O‘zbekiston Respublikasining ochiq ma’lumotlarni yanada rivojlantirish bo‘yicha Konsepsiyasi loyihasini tayyorlash va tasdiqlashga kiritish;

- Ochiq ma’lumotlar xalqaro Xartiyasiga O‘zbekiston Respublikasining a’zo bo‘lishi jarayonini tayyorlash va kelishish;

- «Ochiq ma’lumotlar global indeksi» va «Ochiq ma’lumotlar barometri» xalqaro reytinglarida O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish.

Shuningdek, Davlat statistika qo‘mitasining mas’ul xodimlari tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan boshqa savollarga ham atroflicha javob qaytardi.

 

 

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash