Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 

O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (MST) O`zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi (“O`zstandart” agentligi) ning 2015 yil 19 yanvaridagi 05-612-sonli qarori bilan tasdiqlandi va joriy etildi.

            Tasniflagich yaIMning hajmi va tuzilmasiga ta`sir etuvchi iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni to`liq qamrab olish, statistik hisobda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish jarayonlarini va tovarlar va xizmatlar zamonaviy turlarini ishlab chiqarishning rivojlanishini aks ettirish, O`zbekiston va dunyo boshqa mamlakatlarining ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini taqqoslamaligini ta`minlash maqsadida joriy etildi.

Tasniflagich ishlab chiqarish ko`rsatkichlarini o`z ichiga olgan davlat statistika hisobotlari shakllarini to`ldirishda foydalanish uchun zarur bo`lgan tovarlar, ishlar, xizmatlarning nomenklaturalari va ro`yxatlarini ishlab chiqish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.

            O`zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo`yicha mahsulotlarning (tovarlar, ishlar, xizmatlarning) statistik tasniflagichi (MST)ning elektron ko`rinishi bilan Davlat statistika qo`mitasining rasmiy sayti  www.stat.uz dagi “Statistik tasniflagichlar” bo`limi orqali tanishish mumkin.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash