Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi Bahodir Begalov UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann bilan Multiindikator klaster kuzatuvini o'tkazish masalalarini muhokama qilish yuzasidan uchrashuv o’tkazdi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi 2020 yilda Multiindikator klaster kuzatuvini (Multiple Indicator Cluster Survey - MICS) o'tkazadi. Ushbu so'rovni o'tkazish bo’yicha UNICEF O'zbekiston Respublikasi hukumati bilan hamkorlik qiladi. MICS mamlakatda oxirgi marta 2006 yilda o'tkazilgan.

Multiindikator klaster kuzatuvi (MICS) – bu 1995 yilda UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan, xalqaro miqyosda tan olingan, uy xo'jaliklarini o’rganadigan tadqiqot hisoblanadi. Bu dunyodagi bolalar va ayollar to'g'risidagi eng katta statistik ma'lumot manbalaridan biridir.

So'nggi yigirma yil ichida MICS 100 dan ortiq mamlakatlarda o'tkazilib, buning natijasida bolalar va ayollar farovonligining asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha ma'lumotlar to'plandi va ularning hayotini yaxshilashga qaratilgan siyosatni shakllantirishga yordam berdi.

Bu O'zbekiston Respublikasi hukumatining milliy ma'lumotlar sifatini yaxshilash va xalqaro miqyosda taqqoslab bo’ladigan ma'lumotlarni to'plash bo'yicha olgan majburiyatlariga muvofiq keladi. MICS mamlakatning Barqaror Taraqqiyot Maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan sa’y-harakatlarida yordam beradi.

Kuzatuv sog'liqni saqlash, ovqatlanish, ta'lim hamda bolalar va ayollar farovonligiga ta'sir ko’rsatadigan boshqa muhim ustuvorliklar bilan bog'liq  masalalarga o’z e’tiborini qaratadi. 

Eslatib o’tamiz, MICS mamlakatda oxirgi marta 2006 yilda o'tkazilgan.

Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash