Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Bugun yurtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida “Bilimlar kuni” tadbiri keng nishonlandi. Shu munosabat bilan davlat idoralari va tashkilotlar rahbarlari o‘qituvchi va o‘quvchilarni bayram bilan qutlash uchun ta’lim muassasalariga tashrif buyurdi.

Jumladan, Bo‘ka tumani 1-sonli umumta'lim maktabida o‘tkazilgan “Bilimlar kuni” tadbirida Toshkent viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i A.Bobomirzaev ham qatnashdi. Tadbirni Bo‘ka tumani hokimi Bektemir Ibragimov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar o‘quvchilarga Mustaqallikning buyuk ne'mat ekani, yosh avlodning yaxshi o‘qib-o‘rganishi uchun yurtimizda barcha shart-sharoit yaratilgani haqida ta'kidladi.

Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i v.v.b  I.Maxmudov Sardoba tumanidagi 16-maktabda bo‘lib o‘tgan “Bilimlar kuni”da ishtirok etdi. I.Maxmudov o‘qituvchilarga yangi o‘quv yilida kelajagimiz bo‘lgan yosh avlod ta'lim-tarbiyasi, yurt, jamiyat, xalq, millat taqdiriga daxldorlik hissini shakllantirishdek mas'uliyatli va sharafli faoliyatida omad tiladi. Tadbirda maktab fondiga qiziqarli badiiy kitoblar va boshqa esdalik sovg‘alar ulashildi. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari uchun ochiq dars tashkil etildi. 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash