Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 3–5-sentabr kunlari Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligidagi delegatsiya Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar Statistika idoralari rahbarlarining 60-uchrashuvi hamda qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a'zo davlatlar Statistika idoralari rahbarlarining 60-yig‘ilishida 11 ta davlatdan statistika idoralarining birinchi rahbarlari hamda xodimlaridan iborat 35 ta vakil hamda ekspertlar qatnashmoqda.

Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi –  MDH mamlakatlarida 2020-yilgi raundda o‘tkaziladigan Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish dasturi loyihasini ko‘rib chiqishga qaratilgan. Shuningdek, axborot makonida nogironlar hayoti to‘g‘risidagi ma'lumotlarda MDH davlatlari milliy statistika xizmatlarining o‘rni va roli,  MDH davlatlari hududida “Qishloq xo‘jaligi va qishloq statistikasini takomillashtirish global strategiyasi” to‘g‘risida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Barqaror milliy rivojlanish ko‘rsatkichlari monitoringini tashkil etish bo‘yicha MDH Statistika qo‘mitasining faoliyatiga oid masalalar muhokama qilinadi.

Shuningdek, mazkur tashrif davomida Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning MDH Statistika idoralarining qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishida ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Ekspertlar guruhi yig‘ilishida oziq-ovqat xavfsizligini monitoring qilish, oziq-ovqat manbalari balansini tuzish hamda MDH Statistika idoralari ekspertlari bilan qishloq xo‘jaligi statistikasini takomillashtirish bo‘yicha sessiya ishlari ko‘rib chiqiladi. Mazkur sessiyalarda Davlat statistika qo‘mitasi Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovichning “O‘zbekiston Respublikasida Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish va monitoring qilish jarayoni” mavzusida ma'ruza qilishi rejalashtirilgan.

Mazkur sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar hamda statistika sohasidagi eng so‘nggi yutuqlar, tavsiyalar va ilg‘or xalqaro tajribalar bilan o‘rtoqlashiladi.

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash