Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yil 30-sentyabrdan 4-oktyabrgacha Tbilisida shahrida Gruziyaning energetika siyosati va uning rivojlanish tendentsiyalariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Xalqaro Energetika Agentligi tomonidan tashkil etildi. Unda Shveytsariya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstriya, O'zbekiston va Ukrainaning statistika va energetika bo'yicha vakillari ishtirok etdilar.

Yig'ilishda milliy va xalqaro statistika tashkilotlarida energetika statistikasi sohasidagi ekspertlar ham qatnashdi.

Shuningdek, yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasidan sanoat statistikasi boshqarma boshlig'i S.Jo’raev ishtirok etdi.

Uchrashuvda uy xo'jaliklarida energiya iste'moli kuzatuvlarini tashkil qilish va o'tkazish, yoqilg'i-energetika balansini tayyorlash bo'yicha uslubiy tavsiyalar, energiya statistikasi sohasida axborot tarqatishda ayrim mamlakatlar tajribasi muhokama qilindi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash