Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yil 7–11-oktabr kunlari Qirg’izistonning Bishkek shahrida fuqarolik holati dalolatnomalari va boshqa ma’muriy manbaalar asosida aholi tabiiy harakati to'g'risidagi statistik ma'lumotlarni shakllantirish va e’lon qilish masalalariga bag’ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi. Mazkur seminar Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiya va Tinch Okeani bo’yicha ijtimoiy va iqtisodiy komissiyasi (ESKATO), Yevropaning erkin savdo assotsiyatsiyasi, Norvegiyaning statistika boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Shimoliy va Markaziy Osiyo davlatlari Adliya vazirligi va Statistika idoralari mutaxassislar qatnashdi. Davlat statistika qo’mitasidan Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`limi bosh mutaxassisi Olimjon Sidikov ishtirok etdi.

Ushbu seminarning maqsadi, aholi tabiiy harakati to’g’risidagi statistika ma’lumotlarini to’plash, umumlashtirish, e’lon qilish bo’yicha mamlakatlarning salohiyatini baholash, aholi tabiiy harakati to’g’risidagi statistik ma’lumotlarni shakllantirishda fuqarolik holati dalolatnomalarining o’rnini belgilashga qaratilgan. Shuningdek, Barqaror Rivojlanish Maqsadlari ko’rsatkichlarida aholi tabiiy harakati to’g’risidagi statistik ma’lumotlar o’rnini aniqlash masalalari ham atroflicha ko’rib chiqildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash