Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2019-yil 7-noyabr  kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Soliq islohotlarining mohiyati” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Bank-moliya akademiyasi Soliq va soliqqa tortish kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Niyazmetov Islambek Masharipovich mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – soliq va soliq qonunchiligida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning iqtisodiy ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.

Seminar davomida 2019-yil mobaynida budjet-soliq tizimida amalga oshirilgan yangiliklar, qo‘lga kiritilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, yurtimizda tadbirkorlik va biznesni  rivojlantirishda hamda  yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirishda  soliq islohotlarining ahamiyati haqida fikr almashildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash