Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-son Farmoni bilan joriy yilning 1-sentabridan boshlab ish haqining eng kam miqdori o‘rniga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori joriy etildi hamda 634880 so‘m miqdorida belgilandi.

Ushbu Farmonga muvofiq, 2019-yil noyabr oyi uchun 1-NH “Hisoblangan ish haqi miqdori bo‘yicha xodimlar sonining taqsimlanishi to‘g‘risida”  davlat statistika hisoboti shakliga tegishli o‘zgartirish kiritilib, Davlat statistika qo‘mitasining 2019-yil 19-sentabrdagi 8-MB son qarori bilan tasdiqlandi hamda Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi (ro‘yxat raqami 3083-4, 2019-yil 3-oktabr).

2019-yil noyabr oyi uchun 1-NH davlat statistika hisoboti shakli Davlat statistika qo‘mitasining rasmiy saytida quyidagi manzil bo‘yicha joylashtirilgan: https://stat.uz/uz/536-2019yil/4705-demografiya-va-mehnat-statistikasi-2019.

Shuni eslatib o‘tmoqchimizki, mazkur davlat statistika hisoboti shakli ma'lumotlari faqat noyabr oyi davomida to‘liq ishlagan, shuningdek, ishda bo‘lmagan kunlari mavjud, ammo qonunga muvofiq ish haqi yozilgan mazkur korxona (tashkilot)da mehnat daftarchalari mavjud bo‘lgan xodimlar bo‘yicha to‘ldirilib, 2019-yilning 16-dekabriga qadar elektron ko‘rinishda Internet tarmog‘i orqali eStat 3.0. dasturidan foydalangan holda taqdim etiladi.

Savollar yuzasidan murojaat uchun telefon raqamlar:

Davlat statistika qo‘mitasi

71-230-81-28

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

71-230-82-17

Andijon viloyati

71-230-82-78

Buxoro viloyati

71-230-83-16

Jizzax viloyati

71-230-83-59

Qashkadaryo viloyati

71-230-84-04

Navoiy viloyati

71-230-84-38

Namangan viloyati

71-230-84-90

Samarqand viloyati

71-230-85-36

Surxondaryo viloyati

71-230-85-86

Sirdaryo viloyati

71-230-86-32

Toshkent viloyati

71-230-86-78

Farg‘ona viloyati

71-230-87-33

Xorazm viloyati

71-230-87-81

Toshkent shahri

71-230-88-22

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash