Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 29–noyabr kuni Davlat statistika qo`mitasining 2019-yil 9 oy yakunlariga bag`ishlangan kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi.Yig`ilishda milliy statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining hujjatlari hamda topshiriqlarida belgilab berilgan vazifalarning ijrosi yuzasidan davlat statistika organlarida 2019-yilning 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Kun tartibiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4273-son Qarorida Davlat statistika organlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlar natijadorligi ko‘rib chiqildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma'lumot berildi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5729-son Farmoni bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosi hamda xorijiy mamlakatlar statistika organlari bilan o`zaro hamkorlikni tashkil etish, xalqaro statistik, moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlarga statistik axborotlarni taqdim etish bo`yicha 2019-yil 9 oy davomida amalga oshirilgan ishlar samaradorligi bo`yicha masalalar yig`ilish kun tartibidan o`rin oldi.

Kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi yakunida ijro intizomi va tashkiliy masalalar ko`rib chiqilib, natijalar bo`yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash