Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 26–28-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida Aholining haq to‘lanadigan va haq to‘lanmaydigan ishlarga sarflanadigan vaqti” mavzusida xalqaro seminar o‘tkazildi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan o‘tkazigan ushbu tadbirda Sharqiy Yevropa, Kavkazorti, Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Bangladesh davlati vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bahodir Qarshiboyev va bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari Gulnora Norbayeva ishtirok etdi. Shuningdek, Albaniya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Ukraina, Tojikiston va boshqa qator davlatlarning statistika idoralari mutaxassislari qatnashdi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad – Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ayollar soni” dasturi asosida gender tengligi bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan iborat.

Seminarda aholining haq to‘lanadigan hamda haq to‘lanmaydigan ishlarga sarflanadigan vaqti bo‘yicha ma'lumotlarni shakllantirish yuzasidan  ma'ruza va taqdimotlar namoyish qilindi. Mutaxassislar mavzu yuzasidan qator taklif va tavsiyalar berishdi.

 

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash