Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 1 fevral kuni Toshkent viloyati Bekobod shahridagi 5-sonli umumta'lim maktabida “2019-yil yakunlari bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar” mavzusida Davlat statistika qo‘mitasi Raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich o‘quvchilarga ochiq dars o‘tib berdi.

Ochiq dars avvalida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni Parlamentga qilgan murojaatnomasida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida belgilab bergan vazifalarining mazmun-mohiyati hamda ahamiyati borasida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shundan so‘ng, milliy statistika sohasida olib borilayotgan ochiqlik siyosati, statistika axborotlarining haqqoniyligi va shaffofligini ta'minlash to‘g‘risida o‘quvchilarga tuchunchalar berildi. Mamlakat iqtisodiyotini shakllantirish, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy hayotimizdagi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib, o‘quvchilarga hayotiy misollar keltirildi.

Tadbir yakunida o‘quvchilarning qiziqtirgan savollariga Davlat statistika qo‘mitasi Raisi atroflicha javob berdi.

Mazkur uchrashuv so‘nggida Davlat statistika qo‘mitasi rahbari Bekobod shahridagi 5-sonli umumta'lim maktabi o‘quvchilariga 50 dan ortiq turli kitoblar sovg‘a qildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash