Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2020-yil 6-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o‘rtacha miqdorlar usulidagi statistik tahlili” mavzusida metodologik seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik  tadqiqotlar instituti Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi katta o‘qituvchisi F.Umarov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni aks ettiruvchi muhim ko‘rsatkichlarni baholashda foydalaniladigan o‘rtacha miqdorlarning statistik ahamiyati bilan seminar ishtirokchilarini yaqindan tanishtirish.

Seminar davomida, o‘rtacha miqdorlarning tasniflanishi, har bir o‘rtacha miqdorning o‘ziga xos xususiyatlari, hamda amaliyotda qo‘llanilishi borasida fikr almashildi.

Shuningdek, statistika amaliyotida o‘rtacha miqdorlar usulini qo‘llash borasida yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari batafsil muhokama qilindi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash