Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Xalqimizning qadr-qimmati, or-nomusini himoya qilish, bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi kurashlarda bukilmas iroda va jasorat namunasini namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlar uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizning muqaddas xotirasini yod etish, ularning ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun azaliy qadriyatdir.

Ushbu ayyomda bugungi tinch-osoyishta hayotga qanday og‘ir sinov va mashaqqatlar evaziga erishilganini chuqur his etamiz. Bu yo‘lda qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz. Bizga nasib etgan mustaqillik, tinchlik va osoyishtalikning ahamiyatini yanada teran anglaymiz. 

Davlatimiz tomonidan keksa avlod, jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti xizmatchilarining ko‘nglini ko‘tarish, salomatligini mustahkamlash, ular uchun qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-mart kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib, Vatan obro‘-e'tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma'naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e'zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 75 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 000 000 (o‘n million) so‘m miqdorida bir yo‘la pul mukofoti belgilandi.

Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari tomonidan uzoq yillar statistika tizimida faoliyat yuritgan mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ular bayram bilan tabriklandi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash