Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 7-may kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamkorligida videokonferensiya o‘tkazildi.

Respublikamizning turli hududlaridan onlayn ulangan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga, universitet rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilarga Davlat statistika qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan vebinar qilindi.

Mazkur vebinarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari Odiljon Mamadaliyev va Muxtor Umarov ishtirok etdi.

Videokonferensiyada Narxlar statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Umarov Muxtor To‘rayevich 1-chorak yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida inflyatsiya holatining tahlili bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Ma'ruzachining qayd etishicha, 2020-yilning aprelida iste’mol narxlari va tariflarining oy davomidagi o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,7 % ni tashkil etgan. Joriy yilning yanvar–aprel oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 4,5 % ga ko‘tarilgan. Yillik davrda esa (2019-yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 14,5 % ni tashkil qilgan.

Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning o‘zgarishiga ko‘ra, narxlar va tariflarning oshishi bo‘yicha yetakchilik o‘tgan oylardagi kabi oziq- ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘ldi. Joriy yilning aprel oyida narxlar 3,3 % ga ko‘tarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 %, xizmatlar esa 0,3 % ga oshgan.

2020-yilning aprelida umumiy INIning oy davomidagi o‘sishida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 81,8 %, nooziq-ovqat mahsulotlar ulushi 14,1 % va xizmatlar ulushi 4,1 % ni tashkil etgan.

Shundan so‘ng, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari mavzu yuzasidan savollar berishdi. Aksariyat savollar pandemiya mamlakatning inflyatsiya holatiga qanday ta'sir etgani xususida bo‘ldi. Savollarga Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori B.G‘oyibnazarov, qo‘mita boshqarma boshliqlari O.Mamadaliyev va M.Umarov javob berishdi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlarni doimiy o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur videokonferensaloqaning to‘liq tafsilotlarini qo‘mitaning “Youtube” dagi rasmiy sahifasida kuzatishingiz mumkin.

Axborot  xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash