Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 14-may kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Аholini roʼyxatga olish tadbirining mamlakat taraqqiyotidagi roli” mavzusida vebinar tashkil qilindi.

Vebinarda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig'i Berdiqulov Qobil Gʼulomovich O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinishi, uning mazmun-mohiyati, ushbu tadbirga tayyorgarlik jaroyini va O’zbekiston Respublikasining demografik holati haqida onlayn ulangan tinglovchilarga batafsil ma’lumot berdi.

Takidlash lozimki, joriy yil 16-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Qonun manfaatdor vazirlik va idoralar hamda keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, bildirilgan takliflarni inobatga olgan holda mazmunan boyitilgan.

Mazkur qonunning asosiy maqsadi, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tamoyillari va tashkiliy uslublarini aniqlash, ma'lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, umumlashtirish, uning natijalarini jamoatchilikka taqdim qilish va aholini ro‘yxatga olish subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishning huquqiy asosini yaratish hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni takomillashtirishni tizimli tashkil etishdan iboratdir.

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi qonunining qabul qilinishi – aholini ro‘yxatga olish sohasidagi munosabatlarni har tomonlama tartib va tizimga solishni ta'minlaydi.

Vebinar davomida O’zbekiston Respublikasining demografik holati bo’yicha ham ma’lumotlar berildi. Ma'ruzachining qayd etishicha, O’zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 2020-yil 1-aprel holatiga ko’ra, 34 036,8 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 131,6 ming kishiga yoki 0,4 % ga o’sgan.

Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, 2020-yil 1-aprel holatiga ko’ra, hududlarning respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo’yicha eng ko’p ko’rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 % ni tashkil etib, keyingi o’rinlarda Farg’ona viloyatida 11,1 % ni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 % ni va Andijon viloyatida 9,2 % ni tashkil etgan.

2020-yil 1-aprel holatiga ko’ra respublika doimiy aholisi sonining 30,8 %i mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 58,7 %i mehnatga layoqatli yoshdagilar va 10,5 %i mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to’g’ri kelmoqda.

Onlayn tashkil etilgan uchrashuv so‘nggida, vebinar qatnashchilari tomonidan mavzu yuzasidan savollar berildi. Aksariyat savollar aholini ro’yxatga olish tadbirining tashkiliy masalalari, chet elda yurgan vatandoshlarimizni ro’yxatga olish tartibi, tabdirga jalb etilgan ko’ngillilarga haq to’lash to’g’risida bo’ldi. Savollarga Davlat statistika qo’mitasi xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Ta’kidlash lozimki, bugungi pandemiya sharoitida hamda mamlakatimizning raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratayotgan e'tiborini inobatga olgan holda tashkil etilayotgan vebinar muhim ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talabalar uchun bu kabi amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan onlayn uchrashuvlarni doimiy o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur videokonferensaloqaning to‘liq tafsilotlarini qo‘mitaning “Youtube” dagi rasmiy sahifasida kuzatishingiz mumkin.

 

Axborot  xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash