Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2020-yilning 26-iyun kuni Davlat statistika qo‘mitasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha navbatdagi onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu galgi vebinar Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tashkil etildi.

Vebinarda mamlakatimizda ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirishning ahamiyati va istiqbollari haqida ma’lumot berildi.

Ochiq ma`lumotlar portali faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Sultanov Akrom Amanovich ma'lumotlarni shakllantirish va O’zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilishning o‘ziga xos xususiyatlari, texnik jihatlari haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Vebinar davomida shu yil 1- iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlariga qaratilgan yigʻilishda davlatimiz rahbari tomonidan statistika tizimini takomillashtirish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosi bo‘yicha ham so‘z yuritildi.

Vebinarda mavzu yuzasidan fikr almashinib, berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash