Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Shu yil 1- iyun kuni davlatimiz rahbari boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Prezidentimiz tomonidan statistika tizimini takomillashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish bo‘yicha qator topshiriqlar berilgan edi.


Ushbu topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan statistika tizimi xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish borasida muntazam ravishda onlayn o‘quv-seminarlari o‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning 29- iyun kuni tashkil etilgan navbatdagi vebinar milliy hisoblar tizimining asosiy atamalari va ko‘rsatkichlari masalasiga bag‘ishlandi.

Tadbirda, Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi. Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori Bahodir G‘oyibnazarov hamda qo‘mitaning Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mamirov mavzu yuzasidan atroflicha ma'lumot berdi.

Jumladan, milliy hisoblar tizimining asosiy atamalari va ko‘rsatkichlari, yalpi ichki (hududiy) mahsulotni hisoblash usullari bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek, yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur'atlari va deflyator indekslarini hisoblash usullari, MHT-1993 va MHT-2008 o‘rtasidagi farq, kiritilgan o‘zgarish hamda yangiliklar haqida keng tushuncha berildi.

Vebinarda hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash