Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yil 14- sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi hamda BMTning Bolalar jamg'armasi (UNICEF) hamkorligida videoseminar tashkil etildi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan mazkur o‘quv-seminarda Davlat statistika qo‘mitasi rahbariyati, xalqaro ekspertlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan supervayzer va intervyuerlar ishtirok etdi.

Ushbu seminar multiindikator klaster kuzatuvlari (MICS)ni o‘tkazish bo‘yicha tayyorlangan savolnomalarni sinov tariqasida tekshirishga bag‘ishlandi.

Ta’kidlash lozimki, 2019- yil 24- iyulda Vazirlar Mahkamasining “2020–2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasida multiindikator klaster kuzatuvlarini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror asosida hukumatimiz UNICEF va UNFPA tashkilotlari ko‘magida mamlakatimizda onalar va bolalar turmush tarziga oid muhim statistik ma’lumotlarni shakllantirish bo‘yicha kuzatuv o‘tkazish borasida turli chora-tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.

Tadbirda Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining birinchi o‘rinbosаri Xolmurodov Dilshod Ibragimovich MICS bo‘yicha batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Belgilangan reja bo‘yicha MICS savolnomalarini tayyorlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizda MICS kuzatuvlarini o‘tkazish haqida fikr-mulohaza almashildi.

Shuningdek, UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mammedzade ham mavzu yuzasidan so‘z yuritdi. U MICS kuzatuvini olib borishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu borada xorijiy tajriba qanday ekani to‘g‘risida gapirdi.

Shu yil 14–26- sentabr kunlari o’tkaziladigan ushbu o‘quv-seminarida supervayzer va intervyuerlar Davlat statistika qo’mitasi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mutaxassislari tomonidan o‘qitiladi. O‘quv-seminari yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va poytaxtimizdan tanlab olingan mahallalarda amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash