Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2020- yil 15-  sentabr kuni BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday hadli dasturini monitoring qilish yuzasidan trening tashkil etildi.

Videokonferensaloqa tarzda o‘tkazilgan mazkur treningda Davlat statistika qo‘mitasi Xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasi, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul xodimlari va xalqaro ekspertlar ishtirok etdi.

Ushbu trening Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Senday dasturida belgilab berilgan maqsadlarga erishish darajasini monitoring qilish, metama’lumotlar asosida maxsus savolnomalarni to‘ldirish va ma’lumotlar bazasiga kiritish masalalariga bag‘ishlandi.

Tadbirda BMTning Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi ekspertlari tomonidan savolnomalarni to’ldirishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi va bu boradagi xorijiy tajriba to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash