Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning 14- oktabridan boshlab yurtimizdagi turli vazirlik va idoralar xodimlari uchun "Ochiq ma'lumotlar sohasini rivojlantirish" mavzusida o'quv-vebinarlari o'tkazilmoqda.


 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 9- apreldagi "Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistik salohiyatini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori, davlatimiz rahbarining shu yil 5- oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston – 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2020- yil 19- iyundagi 08/1-1394-sonli topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida, Davlat statistika qo'mitasi, YEXHTning O'zbekistondagi loyihalari Koordinatori, shuningdek Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki (IT-park) vazirlik va idoralar xodimlari uchun "Ochiq ma'lumotlarni ishlab chiqish" mavzusida o'quv-vebinarlar tashkil etildi.

 

Ushbu o'quv-vebinarlarning asosiy maqsadi – "Ochiq ma'lumotlar"ning ahamiyati va zaruriyati, ulardan foydalanishning afzalliklari, ma'lumotlar to'plamlarini O'zbekiston Respublikasining Ochiq ma'lumotlar portaliga joylashtirish bo'yicha ko'nikmalarni rivojlantirishdir.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash