Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamizda yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni 71 744 tani tashkil etdi.

Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni Toshkent shahriga (10 786), Samarqand (6 558), Surxondaryo (6 395) va Andijon (6 360) viloyatlariga to‘g‘ri keldi.

Shu bilan birga, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar soni savdo sohasiga (25 998), sanoat sohasiga (14 566) va qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi (11 892) sohalariga to‘g‘ri keldi.

2020- yil 1- oktabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalarining umumiy soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,6 foizga, yoki 11 407 taga oshib, 80 023 tani tashkil etdi.

Jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxona va tashkilotlarning umumiy sonidan 75 194 tasi mikrofirmalar, 4 036 tasi kichik korxonalar hissasiga to‘g‘ri keldi.

2020- yilning 1- oktabr holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 39,6 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15,4  mingtaga yoki 163,9 % ga oshgan.

Shu jumladan, oilaviy korxonalarning 13,8 mingtasi sanoat sohasida, 11,5 mingtasi savdo sohasida, 7,3 mingtasi yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar ko'rsatishda, 5,6 mingtasi qishloq ho'jaligi sohasida faoliyat ko'rsatmoqda.

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2020- yil 1- oktabr 11,3 mingtani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 1,8 mingtaga yoki 18,1 % ga ko‘paygan.

2020- yilning yanvar-sentabr oylarida respublikamizda 1 237 ta yangi xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Axborot xizmati

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO‘MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash