Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 Tezkor ma'lumot

Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta`minlash, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016 yil yanvar-mart oylari davomida 8480 ta yangi kichik tadbirkorlik sub`ektlarini (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2016 yil 1 aprel holatiga faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarining soni 211350 tani tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga o`sdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016 yilning yanvar-mart oylarida ularning sanoat mahsuloti umumiy hajmidagi ulushi 37,3 foizni (2015 yilning yanvar-mart oylarida - 32,6 foiz), chakana savdo aylanmasida - 88,8 foizni (85,2 foiz), xizmatlar sohasida - 57,1 foizni (56,5 foiz), yuk tashish hajmida - 41,5 foizni
(39,4 foiz), yo`lovchi tashish hajmida - 89,5 foizni (87,4 foiz) va bandlikda - 77,1 foizni (76,7 foiz) tashkil etdi.

2016 yilning yanvar-mart oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan iqtisodiyotga 3235,9 mlrd.so`mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo`yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 40,2 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 4072,6 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 68,4 foizi) yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 17,6 foizga o`sdi.

Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
EKSPRESS-MA`LUMOTLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
USLUBIY MATERIALLAR
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI
Tugmani bosing Tinglash