Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 15 maydagi “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta`minlash, ularni jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 4725-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta`minlash maqsadida, Davlat statistika qo`mitasi tomonidan shu yil 27 may kuni alohida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi va ijrosi nazoratga olindi.

Davlat statistika qo`mitasining joriy yil 9 iyundagi 9-sonli qarori bilan “Sanoat ishlab chiqarishning umumiy hajmi qiymatini baholash bo`yicha uslubiy nizom” tasdiqland.

“Firma nomlarini zaxiraga qo‘yishning elektron tizimi” joriy etilgan davrdan boshlab 230 mingga yaqin firma nomi “Firma nomi to‘g‘risida”gi qonun talablariga mos kelishi, ma‘lumotlar bazasida mavjud nomlarga o‘xshash yoki adashtirish darajasida o‘xshash emasligi sababli, belgilangan tartibda zaxiraga olindi.

2015 yilning yanvar - may oylarida Davlat statistika qo’mitasi tizimining 12 nafar xodimi xalqaro tashkilotlar (BMTning statistika bo’limi va EIK, HVF, UNISEF, Evrostat, FAO, UNVTO va boshqalar) tomonidan tashkil etilgan statistika sohasiga oid seminarlarda ishtirok etishdi.

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash