Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-aprel kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘luni qabul qildi.

O‘zbekiston – Turkiya munosabatlari 2016-yilning 17-18-noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tgan oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarga muvofiq izchil rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, to‘qimachilik, ko‘nchilik, kimyo va farmatsevtika sohalari, qurilish materiallari sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va boshqa yo‘nalishlarda, jumladan, "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi doirasida yuqori texnologiyali zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga qabul uchun samimiy minnatdorlik izhor etdi. Davlatimiz rahbariga Turkiya kompaniyalarining mamlakatimizdagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Turkiya rahbariyati nomidan tashakkur bildirdi va keng ko‘lamli o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini ta’kidladi.

 

O'zA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash