Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

Prezidentimizning 2018 yil 5 martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun respublika tashqarisiga transportda chiqish vaqtida xavfsizligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan milliy tashuvchi “Uzautotrans Service“ MCHJ va Qozogʻistonning “KazAvtoTrans“ korxonasi “Toshkent-Ostona-Toshkent” yoʻnalishida muntazam xalqaro avtobus qatnovini yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur yoʻnalish masofasi 1646 kilometr boʻlib, yoʻlovchilar 27 soat 30 daqiqada manziliga yetkaziladi. Yoʻl haqi 312 000 soʻm etib belgilangan. Mazkur yoʻnalishda Qozogʻiston tomonidan VANHOOL Oʻzbekiston tomonidan esa zamonaviy YUTONG avtobuslari xizmat koʻrsatadi.
 
Ostonadan avtobuslar Qozogʻiston vaqti bilan 15:00, 16:00, 17:00, 18:00da yoʻlga chiqadi. Poytaxtimizdan esa 12:00, 14:00, 16:00, 18:00 da joʻnab ketadi. 10 mart kunidan eʼtiboran mazkur yoʻnalishda har kuni bittadan reysni amalga oshirish rejalashtirilgan. Kelgusida esa qatnovlarni kuniga 4 marotabaga yetkazish koʻzda tutilgan. Mazkur yoʻnalish bevosita Qozogʻistonning Qaragʻanda shahri orqali oʻtadi. Aynan bu yerda ham yoʻlovchilarni tushirish va olish nazarda tutilgan. Qaragʻanda shahrigacha yoʻlkira narxi 260 000 soʻmni tashkil etadi.
 
Shu kunga qadar Qozogʻiston Respublikasiga “Toshkent-Chimkent“, “Toshkent-Olmaota, “Toshkent-Qizil Oʻrda“, “Toshkent-Turkiston“, “Nukus- Ushkunur“, “Chirchiq-Ushkunur“ yoʻnalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.
 
Xalqaro avtobus qatnovlarining yoʻlga qoʻyilishi davlatlar oʻrtasida aholi qatnovini koʻpaytirish va ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, qoʻshni davlatlarning savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga ijobiy turtki beradi.
 
OʻzA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash