Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

 Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi doirasida O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi Dmitriy Medvedev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki davlat Prezidentlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuv va muloqotlarida erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz o`rtasidagi strategik sheriklik, ko`p qirrali amaliy hamkorlik munosabatlarini izchil rivojlantirishda muhim omil bo`layotgani ta`kidlandi. 

Urganch shahrida joriy yil 30 may kuni bo`lib o`tgan hukumat rahbarlari darajasidagi Qo`shma komissiyaning ilk majlisi o`zaro manfaatli hamkorlik ko`lamini istiqbolli loyihalar asosida kengaytirish, oliy darajadagi muloqotlar chog`ida erishilgan kelishuvlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qilayotgani qayd etildi. Uchrashuvda savdo-iqtisodiy, axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari, energetika va qishloq xo`jaligi sohalarida qo`shma loyihalarni amalga oshirishda mavjud salohiyatdan samarali foydalanish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Hukumat rahbarlari birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi mamlakatlarimiz uchun foydali muloqotlarga boy bo`layotganini, uning doirasida bildirilayotgan takliflar ikki va ko`p tomonlama muloqotni faollashtirishga xizmat qilishini ta`kidlashdi. 

 

O'zA

  • ASOSIY SAHIFA
  • QO`MITA HAQIDA
  • AXBOROT XIZMATI
  • INTERAKTIV XIZMATLAR
  • OCHIQ MA’LUMOTLAR
  • MUROJAATLAR
  • KONTAKTLAR
  • Tugmani bosing Tinglash