Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. 

Davlatimiz rahbari mehmonlarni samimiy qutlar ekan, O`zbekiston va OIIB o`rtasidagi o`zaro manfaatli hamkorlik rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 

Bank mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlarni faol qo`llab-quvvatlamoqda. Bugungi kunda Buxoro viloyatida suv ta`minoti va suvoqova tizimlarini rivojlantirish, avtomobil yo`llarini rekonstruktsiya qilish bo`yicha umumiy qiymati 1,3 milliard dollardan ziyod bo`lgan ilk investitsiya loyihalarini tayyorlash ishlari yakuniga yetmoqda. 

Qoraqalpog`iston Respublikasi va boshqa hududlarda ijtimoiy, kommunal va transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sanoat korxonalari va kichik infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish, shuningdek, mintaqaviy savdoni rivojlantirish bo`yicha umumiy qiymati 1,6 milliard dollardan ortiq istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda. 

Amaliy hamkorlikni kengaytirish va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining moliyaviy resurslarini jalb qilgan holda yangi dasturlarni ilgari surish masalalariga bag`ishlangan bugungi davra suhbati muvaffaqiyatli bo`lgani alohida qayd etildi. 

Samarali hamkorlik bo`yicha o`rta muddatli istiqbolga mo`ljallangan "yo`l xaritasi"ni ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, sheriklik salohiyatini ro`yobga chiqarishga qaratilgan ikki tomonlama tadbirlar o`tkazish to`g`risida kelishuvga erishildi. 

OIIB prezidenti davlatimiz rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi hamda mamlakatimizda ustuvor loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish yo`lida aniq choralar ko`rish taklifini to`liq qo`llab-quvvatladi. 

TSzin Litsyun mamlakatimiz va butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyotini ta`minlash maqsadida bankning O`zbekiston bilan keng ko`lamli hamkorlikni mustahkamlash borasidagi intilishi qat`iy ekanini ta`kidladi.

 

O'zA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash