Welcome to Statistika qo'mitasi   Click to listen highlighted text! Welcome to Statistika qo'mitasi Powered By GSpeech

2016-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining hamda Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazorati samaradorligini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Majlisda ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qonun ustuvorligini, qonuniylikni ta’minlashga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini isloh qilish, erkinlashtirish va demokratlashtirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

Sudlar xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, qonunchilikning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish, shuningdek, mamlakatimizda huquq-tartibotni, tinch va osuda hayotni ta’minlashda huquqni muhofaza qilish tizimining samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar o‘zining amaliy natijalarini bermoqda hamda nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi tahlil markazlari va xorijiy mamlakatlarning ekspertlari tomonidan ijobiy baholanmoqda.

Qonunchilik asoslari har jihatdan mustahkamlanayotgani hamda qonunlarga so‘zsiz itoat etish va qonun ustuvorligi ta’minlanayotgani, fuqarolar huquqiy ongi o‘sib borayotgani demokratik huquqiy davlatni shakllantirish, xususiy mulkchilik va tadbirkorlikning rivojini jadallashtirish hamda ishonchli himoyasini ta’minlash borasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishning muhim shartlari hisoblanadi.

Ushbu chora-tadbirlar samarali amalga oshirilishida prokuratura organlarining tutgan o‘rni muhimdir. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq ularning zimmasiga “qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni” amalga oshirish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktika qilish vazifalari yuklangan.

Shu bilan birga, majlisda ta’kidlandiki, mamlakatimiz Konstitutsiyasida “prokuratura organlarining Oliy Majlis Senati oldida hisobdorligi” belgilanganidek Bosh prokuratura va joylardagi prokuratura organlari faoliyati ustidan parlament nazoratining samarali mexanizmini yo‘lga qo‘yish zarur.

Parlament nazoratini hamda prokuratura organlari faoliyatining qonuniyligini kuchaytirish zarurligi haqida davlatimiz rahbari Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishdagi ma’ruzasida ham ta’kidlab o‘tgan edi.

Shu munosabat bilan, deya ta’kidlandi majlisda, hozirgi vaziyat hamda izchillik bilan amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar parlamentning yuqori palatasi oldiga prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat o‘rnatishning yangi shakl va usullarini joriy etish samaradorligini oshirish bo‘yicha dolzarb vazifalar qo‘ymoqda.

Prokuratura oraganlari faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish, prokuratura organlarining mamlakatimizda qonun ustuvorligi va qonuniylikni, fuqarolar huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga doir ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida Oliy Majlis Senati hamda Qonunchilik palatasi Kengashlarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzish to‘g‘risidagi Qo‘shma qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq Komissiya zimmasiga prokuratura organlari faoliyati ustidan, qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha ular zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishining samaradorligi ustidan muntazam parlament nazoratini amalga oshirish, prokuratura organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini har tomonlama o‘rganish va umumlashtirish, prokuratura organlari faoliyatini tartibga solib turuvchi qonun hujjatlarini, shuningdek, ularning huquqni qo‘llash amaliyoti va ish usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish vazifalari yuklatildi.

Qarorda belgilanganidek, Komissiya a’zolari Senat tomonidan senatorlar orasidan, respublikaning barcha mintaqalarining vakili bo‘lgan o‘n besh kishidan iborat tarkibda Senat vakolati muddatiga saylanadi.

Komissiya o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalar bajarilishining borishi to‘g‘risida bir yilda ikki marta Senat Kengashi oldida hisob berishi belgilab qo‘yildi.

Majlisda mazkur Komissiyaning tuzilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar ham muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati hamda Qonunchilik palatasining

Axborot xizmatlari

O'zA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA 2022 YILDA AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNI OʻTKAZISH KONSEPSIYASINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
DAVLAT BOSHQARUVINING OCHIQLIGI VA SHAFFOFLIGINI TA`MINLASH HAMDA MAMLAKATNING STATISTIKA SALOHIYATINI OSHIRISH YUZASIDAN QO`SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO`G`RISIDA
PRESS-RELIZLAR
CHORAK NATIJALARI
USLUBIY MATERIALLAR

DIAGRAMMA VA GRAFIKLAR
 
ISTE`MOL NARXLARI INDEKSI KALKULATORI

TADBIRKORLAR UCHUN

Tugmani bosing Tinglash